
Karles Puyol: Argentinada bo‘layotgan ishlar futbol uchun juda ham sharmandali (FOTO)
Ispaniyalik afsonaviy himoyachi Karles Puyol Argentinada "River Pleyt" va "Boka Xuniors" jamoalari o‘rtasidagi Libertadores kubogi javob finali oldidan yuzaga kelgan tartibsizliklardan juda ham xafa ekanligini bildirdi.
“Argentinadan juda ham nohush xabar keldi. Futbol bunaqa bo‘lmasligi kerak, u erda bo‘layotgan ishlar – judayam sharmandali”, - deydi “Barselona”ning sobiq etakchisi.
Eslatib o‘tish lozimki, kecha uchrashuv boshlanishidan avval "River Pleyt" muxlislari "Boka Xuniors" jamoasi a’zolari o‘tirgan avtobusga hujum qilishgan edi. Natijada esa avtobus ichidagi ayrim futbolchilari jiddiy jarohat olishgandi. Shundan so‘ng "Boka Xuniors" futbolchilari garchi FIFA prezidenti Janni Infantinoning iltimosiga qaramay maydonga chiqishdan bosh tortishgan edi.
Fikrlar