Kasilya "Real"da qoladi, agar...
Madridning “Real” klubi darvozaboni Kiko Kasilya bu yoz jamoani tark etmasligi mumkin. Bu haqda Marca nashri xabar tarqatmoqda.
31 yoshli posbonga qiziqish bildirgan «Sevilya» va «Espanol» jamoalari uning yuqori maoshi sabab ushbu transferdan voz kechishgan. Aytish lozimki, Kasilyaning ayni damdagi yillik maoshi 2,5 million evroni tashkil etadi
Yana bir jihati, agar “Real” Andrey Luninni boshqa klubga ijaraga berib yuborsagina Kiko jamoada Navas va Kurtuadan so‘ng uchinchi darvozabon bo‘lib qoladi.
Ma’lumotlarga ko‘ra Kasilyaga ayni damda Turkiyaning “Fenerbaxche” klubi ham jiddiy qiziqish bildirmoqda.



Fikrlar