Kellini: "Atletiko" standard vaziyatlarda juda xavfli

  • 22.02.2019 19:24
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Turinning "Yuventus" klubi himoyachisi Jorjo Kellini "Atletiko"ga qarshi javob bahsi haqida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

“Biz o‘zimizga ishonishimiz kerak. “Atletiko”ga qarshi o‘yin bizni hayron qoldirmadi. Chunki, bizni nima kutayotganini bilardik.

Endi javob bahsida barcha barcha imkoniyatlardan foydalanishimiz lozim va standart vaziyatlardan ehtiyot bo‘lishimiz lozim. Chunki ular aynan mana shu vaziyatda yaxshi foydalanishadi. “Yuventus”ning barcha futbolchilari super o‘yin o‘tkazishlari kerak, faqatgina Ronalduning bir o‘zi emas”, - deydi italiyalik futbolchi.

Eslatib o‘tamiz, “Yuventus” – “Atletiko” uchrashuvi 12 mart kuni bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!