Keyn: Ispaniyani mag‘lub etishimizga ishonchim komil edi
Angliya terma jamoasi sardori Xarri Keyn UEFA Millatlar ligasi doirasida Ispaniyani mag‘lub etganliklari haqida o‘z fikrini bildirdi.
- Ispaniya terma jamoasi dunyoning eng kuchli jamoalaridan biridir. Ammo g‘alaba qozonishimizga ishonchimiz komil edi.
Birinchi bo‘limda ajoyib harakat qildik. Ikkinchi bo‘limda raqibning xujumlariga dosh bera oldik deb o‘ylayman.
Bilasizmi, muxlislar mendan gollar kutishadi, biroq bu uchrashuvda yaxshi o‘yin ko‘rsatdim, - deya Keynning so‘zlaridan iqtibos keltiradi BBC nashri.
Eslatib o‘tamiz, Keyn ushbu bahsda ikkita golli pasni amalga oshirdi.

Fikrlar