Keyn Obameyanga etib oldi va Jerrarddan o‘zib ketdi

  • 29.12.2018 21:04
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Tottenxem” ayni damda APLning 20-turi doirasida bo‘lib o‘tayotgan “Vulverxempton”ga (1:0, birinchi bo‘lim) qarshi o‘yinda hisobni ochdi.

Tecno

“Shporlar”ni hisobda oldinga olib chiqqan golga Xarri Keyn mualliflik qildi. E’tiborlisi, 24 yoshli angliyalik hujumchi shu tariqa o‘z hisobidagi gollarni 13taga etkazib oldi va APL to‘purarlik poygasida peshqadamlik qilayotgan “Arsenal” hujumchisi Per-Emerik Obameyanga etib oldi.

Umumiy hisobda esa Keynning APLdagi gollari soni 121taga etdi va u bu ko‘rsatgich borasida afsonaviy Stiven Jerrarddan (120) o‘zib ketdi va 17-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!