Keyn “Real”da Ronalduning o‘rnini egallashi mumkin

  • 08.07.2018 22:33
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Londonning “Tottenxem” klubi forvardi Xarri Keyn “Real”ning yozgi transferlardagi asosiy nishoniga aylanmoqda.

Marca nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “qirollik klubi” rahbariyati jamoadan ketishi deyarli aniq bo‘lib ulgurgan Krishtianu Ronalduning o‘rniga aynan 24 yoshli angliyalik futbolchini  munosib ko‘rishmoqda. Biroq, “Real” uchun ushbu transferni amalga oshirish biroz qiyinchilik tug‘dirishi mumkin. Boisi, Keyn borasida “shporlar” prezidenti Deniel Levi bilan muzokaralar o‘tkazish juda qiyin. Ustiga ustak Keynning JCh-2018dagi muvaffaqiyatli o‘yinlaridan so‘ng uni “Tottenxem”dan ketishi yanada qiyinlashishi shubhasiz.

“Real” shu bois Keyndan tashqari shuningdek Neymar, Kilian Mbappe (ikkalasi – PSJ), Robert Levandovski («Bavariya») va Eden Azar («Chelsi») kabi futbolchilar bilan ham muzokaralar olib bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!