Keyn "Real"ga o‘tishi mumkin, faqat...
Londonning "Tottenxem" klubi "Real"ga hujumchi Xarri Keynning transferi borasida o‘z shartlarini e’lon qildi.
Football Espana nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “shporlar” 25 yoshli hujumchisini faqatgina 150 million evro va Garet Beyl taqdim etilsagina "Santyago Bernabeu"ga qo‘yib yuborishlari mumkin.
Ma’lumot uchun, Keyn o‘tgan mavsum “Tottenxem” safida jami 48ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 41ta gol hamda 5ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.



Fikrlar