
Keyn "Tottenxem"dan ketishi mumkin
Londonning "Tottenxem" klubi forvardi Xarri Keyn yaqinlashib kelayotgan yozgi transferlar davrida jamoani tark etishi mumkin. Bu haqda Todomercadoweb nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 25 yoshli futbolchining “shporlar” safida birorta ham sovrin yuta olmayotgani xafsalasini pir qilmoqda. Shu sabab boshqa jaolardan bo‘ladigan takliflarni ko‘rib chiqmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Keynga “Real” va “Barselona”dan jiddiy qiziqishlar borligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ma’lumot uchun, Xarri Keyn “Tottenxem” safida 2011 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U joriy mavsum jami 33ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 21ta gol hamda 7ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Bundan avvalro shvetsiyalik mashhur hujumchi Zlatan Ibragimovich ham Keynga "Tottenxem"dan ketishni maslahat bergan edi.
Fikrlar