Keyn uchun yana bir da’vogar paydo bo‘ldi

  • 19.07.2018 22:45
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning "Tottenxem" klubi forvardi Xarri Keyn faoliyatini Germaniya Bundesligasida davom ettirishi mumkin.

Tecno

Calciomercato tarqatgan xabarga ko‘ra 24 yoshli angliyalik futbolchiga Myunxenning "Bavariya" klubi jiddiy qiziqish bildira boshlagan. Ta’kidlash kerakki, Keynning taxminiy transfer narxi 150 mln evroni tashkil etadi. Biroq, nemis grandi ushbu summani imkon qajar kamaytirishga harakat qilib ko‘radi.

Eslatib o‘tamiz, Keyn yaqindagina yakunlangan JCh-2018 musobaqasida 6ta gol urib, turnir to‘purariga nasib etadigan “Oltin butsa”ni qo‘lga kiritgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!