
Kichkintoy Mertens Ronalduning havasini keltirmoqda
“Napoli” jamoasi yarim himoyachisi Dris Mertens “Bolonya”ga qarshi (7:1) Italiya chempionatining 23-tur o‘yinida xet-trik qayd etishga muvaffaq bo‘ldi.
Mertensning uchrashuvdagi uchinchi goli Italiya chempioantining so‘nggi 8 ta o‘yinida 13-si bo‘ldi. Hozircha bu Evropa chempionatlaridagi eng yaxshi ko‘rsatkich. Ushbu o‘yinda neapolliklarning yana bir a’zosi — Marek Gamshik ham xet-trik qayd etgandi.
Dris Mertensning "Tvitter"dagi sahifasiga yozishicha, slovakiyalik futbolchi so‘nggi 10 yilda birinchi marta bir o‘yinda 3 ta gol kiritigan ekan.
Umumiy hisobda esa belgiyalik futbolchi joriy mavsumda 21 ta o‘yinda 16 ta gol kiritib, oltita golli uzatmaga mualliflik qilgan. Mertens, shuningdek, mazkur o‘yindan keyin Italiya A Seriyasi to‘purarlar ro‘yxatini boshqarishga muvaffaq bo‘ldi.
Mazkur natija “Real” hujumchisi Krishtianu Ronalduning havasini keltirayotgan bo‘lsa ajab emas. Aynan “Napoli” EChL nimchorak finalida “Real” bilan to‘qnash keladi.
Fikrlar