Klopp: Pogba - jahon darajasidagi futbolchi
"Liverpul" klubi bosh murabbiyi Yurgen Klopp "Manchester Yunayted"ga qarshi bahs oldidan raqib jamoa xavbeki Pol Pogba haqida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.
“Pogba – jahon darajasidagi futbolchi va u “Manchester Yunayted” safida to‘p surmoqda. Biz esa unga qarshi o‘ynashga tayyor bo‘lishimiz kerak.
Pogbani “Liverpul”da o‘ynashini xohlarmidim? Agar bu savolga javob bersam nimalar bo‘lishini mendan ko‘ra yaxshiroq bilasizlar. Shu bois men bunga javob bermayman”, - deydi germaniyalik futbolchi.
Eslatib o‘tamiz, “Liverpul” – “Manchester Yunayted” bahsi 16 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar