
Klopp qilmishi uchun jazoga tortildi
Angliya futbol assotsiatsiyasi "Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Kloppning “Everton”ga qarshi bahsda amalga oshirgan xatti-harakatlari to‘g‘risida o‘z qarorini e’lon qildi.
Eslatib o‘tish lozimki, germaniyalik mutaxassis Angliya Premer-ligasi 14-turidan o‘rin olgan "Everton"ga qarshi bahsning so‘nggi daqiqasida Divok Origi tomonidan kiritilgan goldan so‘ng maydonga yugurib tushgan edi.
Angliya futbol assotsiatsiyasi tartib-intizom qo‘mitasi esa yuqoridagi holat yuzasidan Kloppga 8 ming funt jarima qo‘lladi va jidiy ogohlantirish berdi.
Fikrlar