Klublar o‘rtasidagi JCh. "Al-Ayn" ham yarim finalda

  • 16 dekabr, 2018, 00:19
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Unda mezbon mamlakat - BAA chempioni "Al-Ayn" klubi Afrika Chempionlar ligasi g‘olibi, Tunisning "Esperans" jamoasiga qarshi bahs olib bordi. 

Tecno

Al-Ayn shahridagi "Hazza bin Zayed" stadionida kechgan uchrashuvda maydon egalari 3:0 hisobidagi yirik g‘alabani qo‘lga kiritishdi. Gollarga Muhammad Ahmad, Xussayn Al-Shahat va Bandar Mahdilar mualliflik qilishdi.

Shu tariqa qit’adoshlarimiz yarim final yo‘llanmasiga ega chiqishdi. Endi ular final uchun Libertadores kubogi g‘olibi - "River Pleyt"ga qarshi maydonga tushishadi.

Klublar o‘rtasidagi JCh. Chorak final

"Al-Ayn" (BAA) - "Esperans" (Tunis) 3:0

Gollar: Ahmad (2), Al-Shahat (16), Mahdi (60).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!