Kolumbiya va Yaponiya pley-offda, Senegalga sariq kartochka pand berdi

  • 28 iyun, 2018, 21:10
  • 0
  • Futbol

Kolumbiya va Yaponiya terma jamoalari JCh-2018 turnirining navbatdagi pley-off ishtirokchilariga aylandi.

Guruhning so‘nggi turida Yaponiya Polsha termasiga (0:1) imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Lotin Amerikasi vakillari Senegalni (1:0) shu hisobda dog‘da qoldirdi.

O‘yin natijalari Kolumbiyaning birinchi o‘rinni egallashini ta’minladi. 6 ochko. Ikkinchi yo‘llanma esa Yaponiya termasiga nasib qildi.

Osiyo qit’asi vakili guruh yakunlari bo‘yicha senegalliklar bilan bir xil natija qayd etdi. 4 ochkodan. 4 gol urishdi va shuncha o‘tkazishdi. O‘zaro o‘yinlar 2:2 hisobidagi durang bilan yakunlangan.

Yaponiya termasi pley-offga sariq kartochkalari kamligi bo‘yicha yo‘l oldi. Hakamlar yaponlarga 3 turda 4 marta sariq kartochka ko‘rsatgan bo‘lsa, senegalliklar 6 marta ogohlantirilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!