Konfederatsiyalar kubogi haqida siz umuman eshitmagan faktlar

  • 16 iyun, 2017, 12:57
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ertaga Rossiyada o‘tadigan Konfederatsiyalar kubogi-2017 turniriga start beriladi. 8 jamoa ishtirok etadigan mazkur turnir tarixi ko‘pchilikka xali yaxshi tanish emas. Shu bois, SPORTS.uz internet axborot portali mazkur musobaqa haqidagi ayrim qiziqarli faktlarni taqdim etadi.

Tecno

Konfederatsiyalar kubogi - 2017. "Qozon Arena" yohud shahar ichidagi shahar (foto+video) 

7 ta turnirda – 3 ta g‘olib

Konfederatsiyalar kubogi asli 9 bor o‘tklazilgan. Biroq 1992 xamda 1995 yillarda Saudiya Arabistonida o‘tgan turnir FIFA bayrog‘i ostida o‘tmagani bois, odatda bunday statistikalarga qo‘shilmaydi. Turnirning hozirgi ko‘rinishdagi formati 1997 yildan boshlab o‘tkazila boshlangan. Argentina va Daniya aynan «Qirol Faxd kubogi»ni qo‘lga kiritishgan. Biroq turnir FIFA tasnifiga o‘tganidan so‘ng, faqatgina Braziliya(4 marta), Meksika(1 marta) xamda Frantsiyal(2 marta) g‘olib chiqishgan. Braziliya 2005 yildan buyon ushbu turnir g‘olibligini hech kimga bermay kelmoqda. So‘nngi uchta Konfederatsiyalar kubogining barchasida «pentakampeonlar» g‘olib chiqishgan.


Faqatgina bitta jamoa barcha turnirlarda ishtirok etgan. Biroq ular Rossiyaga kelishmaydilar

Xa. Gap yana Braziliya termasi haqida ketmoqda. 1997 yildan buyon «to‘p tsexrgarlari» deb ataladigan mamlakat termasi muntazam ravishda Konfederatsiyalar kubogida ishtirok etib kelishayotgan edilar. Biroq bu yilgi musobaqada ularning ushbu seriyasi barham topadigan bo‘ldi. Aytgancha, yana bir narsa, ilk bor Konfederatsiyalar kubogining amaldagi g‘olibi turnirda ishtirok etayotgani yo‘q.


Mezbonlar faqatgina bir bor guruhdan chiqa olishmagan

Turnir mezbonlari faqatgina bir bor guruhda qolib ketishgan. 2001yil turnirga Yaponiya xamda Janubiy Koreya birgalikda mezbonlik qilishgan. O‘shanda, Janubiy Koreya guruhda 6 ochko to‘plagan bo‘lsada, Braziliyaga qarshi bahsda 0:5 hisobida imkoniyatni boy beradi va to‘plar nisbatining yomon holatda ekanligi sababli pley-offga chiqa olmaydi. Qolgan barcha xollarda mezbonlar guruh bosqichini muvaffaqiyatli tamomlashgan.

Mezbon jamoalarning turnirdagi ishtiroki

Janubiy Koreya – Guruh bosqichi

JAR – To‘rtinchi o‘rin

Germaniya – Uchinchi o‘rin

Yaponiya – Ikkinchi o‘rin

Braziliya – Chempion.


O‘yinlarga o‘rtacha 60 ming muxlis tushadi

Saudiyada o‘tgan o‘yinlarda 30 ming muxlis tushgan bo‘lsa, Braziliyada o‘tgan so‘nggi Konfederatsiyalar kubogi o‘yinlarini kuzatish uchun o‘rtacha 60 ming muxlis tashrif buyurdi.1999 yilda Meksikada o‘tgan turnirni tomosha qilish uchun stadionlarga jami 970 ming muxlis kelgan edi. Shunday ekan, Mats Xummels aytganidek, bu turnir zerikarli va keraksiz emas.


3 ta o‘yinda – 1:24 hisobidagi mag‘lubiyat

Yangi Zelandiya xamda Iroq termalari Konfederatsiyalar kubogidagi ishtiroklari davomida raqibdan nimalarnidir «tortib» ola bilgan. Biroq o‘tgan safar Braziliyada o‘tgan turnirda Okeaniya chempioni bo‘lgan Taiti termasi darvozasiga Nigeriya «bor-yo‘g‘i» 6 ta to‘p kiritgan. Ispaniya 10, Urugvay esa 8 ta gol kiritgan. 3 ta bahsda o‘z darvozasidan 24 ta gol olib chiqish…Bu antirekordni faqat Taitining o‘zi yangilay olsa kerak.


Horijlik murabbiy – Go‘lib bo‘lolmaslik uchun birinchi sabab

Eng qizig‘i hech qachon horijlik mutaxassislar boshqaruvidagi termalar Konfederatsiyalar kubogida g‘olib bo‘la olmagnini ko‘rishimiz mumkin.

G‘olib bo‘lgan jamoalar va ularning o‘sha vaqtdagi murabbiylari:

Braziliya – Zagallo, Parreyra, Karlos Dunga, Luis Felipe Skolari.

Frantsiya – Lemar

Meksika – Lapuente.

Meksika, Chili xamda Kamerun termalari ushbu o‘ziga xos «an’anaga» barham berishga harakat qilishadi. Boisi, ushbu termalarni aynan horijlik mutaxassislar boshqarishadi. Meksika va Chilidan buni kutish mumkin. Biroq Kamerunning potentsial imkoniyati bunga etmasligi aniq.

 


Ermatov bu yil ham Konfederatsiyalar kubogida ishlaydi

O‘zbekiston iftihori – Ravshan Ermatov 2013 yil Braziliyada o‘tgan Konfederatsiyalar kubogida ishlagan edi. O‘shanda, Italiya xamda Braziliya termalari o‘rtasidagi bahsni boshqarib borgan hamyurtimiz Neymar, David Luiz kabi futbolchilarni ogohlantirgan edi. O‘yin esa 4:2 hisobida musobaqa mezbonlari foydasiga xal bo‘lgan edi.

Ravshan Ermatov Rossiyadagi turnirga video takrorlar borasida ish olib boradigan hakam sifatida tashrif buyuradi. Hamyurtimizga omad tilaymiz!


Tarixda qolgan to‘purarlar

Konfederatsiyalar kubogining barcha davrlardagi eng yaxshi to‘purarlari Ronaldino(Braziliya) va Blanko(Meksika)lardir. Fernando Torres ulardan bitta golga ortda bormoqda. Bitta turnirning o‘zida eng ko‘p golni esa 1997 yilda Romario kiritgan – 7 ta. Biroq ushbu futbolchilarning barchasi terma jamoadagi faoliyatlarini allaqachon yakunlashgan. Shunday ekan, Ronaldu yoki boshqa futbolchilar bu rekordlarni yangilashmasalarda, yaqinlashishlariga umid qilsak bo‘ladi.


Yarim finalda 8:2, finalda 6:0

2014 yilgi mundialda Braziliyaning Germaniya tomonidan «tahqirlanishi»dan so‘ng(1:7 hisobidagi mag‘lubiyat nazarda tutilmoqda, muallif), bunday natijalarga futbol olami ancha ko‘nikib qoldi. Brazilya 1997 yilgi turnir finalida Avstraliya darvozasiga 6 ta javobsiz gol kiritgan. Albatta, u vaqtlarda Avstraliya Okeaniya mintaqasidgi g‘oliblik tufayli qatnashar edi.

Darvoqe, braziliya o‘shanda, finalga qadar Saudiya Arabistonini 8:2 hisobida mag‘lub etishni uddalagan edi. Ronaldino arablarga qarshi bahsda «xet-trik»ka erishgan o‘shanda.

Umuman olganda esa frantsuzlar finalda o‘ynamasa, xal qiluvchi o‘yin gollarga boy o‘tgan. Boisi, «uchranglilar» finalga chiqqanida doimo 1:0 hisobi qayd etilgan.

Qolgan 5 safar finalda o‘ynagan Braziliya esa xal qiluvchi bahsda eng kami 3 ta to‘p kiritishni uddalagan. Biroq yuqorida ta’kidlaganimizdek, ular bu yilgi turnirda ishtirok etishmaydi.

SPORTS.uz internet axborot portali o‘z odatiga ko‘ra, katta musobaqalarni keng ko‘lamda yoritib boradi. Ushbu yozda bo‘ladigan Konfederatsiyalar kubogi-2017 bahslarni ham saytimiz ijodkorlari sizlarga tezkor tarzda etkazib borishni o‘z oldiga maqsad qilgan. Bizni  kuzatishda davom eting!

Shahzod Xolboev tayyorladi

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!