Kontega Angliyadan ish topildi
Mavsumlar oralig‘ida “Chelsi”dan iste’foga chiqarilgan italiyalik mutaxassis Antonio Konte "Manchester Yunayted" klubini boshqarishi mumkin. Bu haqda Football Italia nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaning yozishicha mankuanliklar rahbariyati aynan 49 yoshli murabbiyga yangi mavsumni omadsiz boshlagan portugaliyalik mutaxassis Joze Mourinoning o‘rniga munosib nomzod sifatida qaramoqda.
Eslatib o‘tamiz, Konte “Chelsi”ni qabul qilib olgan debyut mavsumidayoq Angliya chempionligini tantana qilgan edi. Mourino esa ortda qolgan 2ta mavsumda ham g‘oliblikni uddalay olmadi.

Fikrlar