Kovachich: APLda futbol La Ligadagidan tezkorroq

  • 20.08.2018 11:33
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Mavsumlar oralig‘ida “Real”dan “Chelsi” safiga kelib qo‘shilgan xorvatiyalik yarim himoyasi Mateo Kovachich yangi jamoa va yangi chempionat haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Tecno

“Bu erda o‘zimni yaxshi his qilyapman, yaxshi harakat qilyapman va o‘sishga erishyapman. Madridda etarli o‘yin amaliyotisiz o‘tgan 3 yillik faoliyatimdan so‘ng meni o‘z safida ko‘rishni xohlagan jamoa va murabbiy topish qiyin edi. Biroq, bunday jamoa topildi. Bu “Chelsi” edi. Sarri meni ko‘pdan buyon bilardi va men ham uning jamoasi ishtirokidagi o‘yinlarni kuzatardim.

Bu erda ajoyib jamoa va buyuk futbolchilar yig‘ilgan. Shu bois jamoaga ko‘nikib ketishim u qadar qiyin bo‘lmaydi deb o‘ylayman. Premer-liganing La Ligadan eng farqi bu erda tezlikda. Bu erda futbol o‘ta tezkor”, - deydi Kovachich.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!