Kovachich "Real"dan o‘zini qo‘yib yuborishlarini so‘ramoqda

  • 21 iyul, 2018, 21:09
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Mateo Kovachich jamoa rahbariyatidan o‘zini boshqa jamoaga qo‘yib yuborishlarini so‘ramoqda. Bu haqda fichajes.com nashri xabar tarqatmoqda.

Biroq, “qirollik klubi” uni 24 yoshli xorvatiyalik futbolchini "Santyago Bernabeu"da qolishga ko‘ndirishga urinmoqda. Madridliklarning fikricha Kovachich jamoa uchun kerakli futbolchi. Lekin futbolchi o‘z qarorini o‘zgartirmoqchi emas va doimiy o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish uchun boshqa klubga o‘tmoqchi.

Ma’lumot uchun, Kovachich o‘tgan mavsum “Real” safida jami 36ta o‘yinda maydonga tushgan va o‘z hisobiga 3ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!