
Kovalev avgustda Alvaresga qarshi ringga chiqadi
Butunjahon boks tashkiloti (WBO) talqini bo‘yicha 79,38 kg.da jahon chempioni rossiyalik Sergey Kovalev 4 avgust kuni Nyu-Jersisida navbatdagi jangini o‘tkazadi.
Mazkur to‘qnashuvda unga kolumbiyalik Eleyder Alvares raqiblik qiladi, deya xabar bermoqda Main Events promouterlik kompaniyasiga tayanib TASS nashri.
– Kovalev 4 avgust kuni Nyu-Jersida Alvaresga qarshi jang o‘tkazadi, – deya yozadi matbuot xizmati.
Rossiyalik bokschi oldingi jangini mart oyida o‘tkazib, hamyurti Igor Mixalkinni 8-raundda texnik nokautga uchratgan. Uning hisobida jami 32 g‘alaba (28 nokaut), 2 mag‘lubiyat va 1 durang mavjud bo‘lsa, 34 yoshli Alvares 23 jang 23 g‘alaba (11 nokaut) qayd etgan.
Fikrlar