
Kun tahlili: Lopetegining o‘rniga kimlar kelishi mumkin?
Klub boshqaruvida endigina uch oydan ko‘proq faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lishiga qaramay klub bilan erishayotgan qoniqarsiz natijalari klub muttasadilarini joniga tegishi mumkin.
Ispaniyaning sobiq bosh murabbiyi «qaymoqranglilar» boshqaruviga kelishining o‘ziyoq noodatiy tarzda kechgandi. «Qizil Furiya» Rossiya maydonlarida bo‘lib o‘tgan Jag‘on Chempionatidagi startini boshlashiga bir necha kun qolganida «Real» Lopetegi bilan kelishuvga erishganini ma’lum qildi. Natijada u terma jamoa boshqaruvidan noqulay vaqtda ketishga majbur bo‘ldi.
O‘shandan keyin Lopetegini Zidanga munosib nomzod bo‘lish imkoniyatlarini birin-ketin yo‘qqa chiqarmoqda. Klub u bilan qatorasiga 5 o‘yinda g‘alaba nimaligni bilmay kelmoqda. Shu tariqa ular turnir jadvalida 7-o‘ringacha tushib ketishdi. Bu 15 yil ichida La Ligadagi eng yomon starti bo‘ldi.
Ko‘p narsa yakshanba kungi derbiga bog‘liq. Xo‘sh, u klub boshqaruvidan ketsa uning o‘rniga kim bosh murabbiy etib tayinlanishi mumkin? Bu savol ko‘pchilikni qiziqitirishi aniq. Quyida bir necha nomzodlarni tahlil qilamiz.
Orzu: Maurisio Pochettino
Argentinalik strateg «Uayt Xart Leyn» boshqaruviga kelganidan beri misli ko‘rilmagan cho‘qqilarga chiqib bormoqda. Uning boshqaruvida «Tottenxem» o‘rtamiyona klubdan grand jamoaga aylanishga yaqin bo‘lgan saviyaga olib chiqa oldi. Bu esa Florentino Peresning uni o‘z klubida ko‘rishga undashi aniq. Ayniqsa Zidan va Ronalduning ketishi ortidan klubda Pochettino singari taktik jihatdan kuchli mutaxassisga ehtiyoj har qachongidan muhimroq.
Pochettino shimoliy londonliklarni Garet Beylning sotilishi ortidan o‘z qo‘liga olgandi. Muhim etakchi klubni tark etganiga qaramay u qisqa vaqt ichida zamonaviy raqobatbardosh klubni etishtirib chiqardi. Xarri Keyn va Dele Allilar esa uning qo‘li ostida dunyo darajasidagi kuchli futbolchilarga aylandi.
U shogirdlarining yashirin salohiyatidan maksimal tarzda foydalana olishni biladi. Kristian Eriksen aynan uning qo‘li ostida to‘purarligini oshirib oldi. Keran Tripper professional tarzda ancha o‘sdi. Xatto qiyinchilikka uchragan Erik Lamela ham o‘z o‘yinini topib ketdi. U yangi mavsumning 8 uchrashuvida 5 gol urishga erishdi.
«Real»dagi mavjud xaos vaqtida aynan Pochettino ideal murabbiyga aylanishi mumkin. Barqaror va mustahkam jamoa tuzishda uning tajribasi anchagina etarli.
U Benzemani Keyn singari to‘purarga aylantira olishi, Asensioni Alliga singari yangi yulduzga aylantirishi hech gapmas.
Pochettino Londonda hali muhim sovrinlarni yuta olmagan bo‘lsada, Ispaniya poytaxtida u mana shu orzularini ro‘yobga chiqara oladigan jamoa bor. Biroq «Tottenxem» rahbariyati uni qo‘yib yubormasligi aniq.
Haqiqatga yaqin nomzodlar:
Santyago Solari
«Real» afsonasi klubdagi faoliyati davomida sovrinlarga boy tarzda kechgandi. U 2000-2005-yillardagi faoliyati mobaynida ikki martadan La Liga va Chempionlar Ligasini yutib olgan. Sobiq futbolchi hozir klub akademiyasi – «Kastilya»ni boshqarmoqda. U 2016-yildan beri bu lavozimda mehnat qilmoqda.
Uning asosiy jamoaga o‘tkazilishi Zidanning yo‘liga o‘xshashi mumkin. Frantsiyalik mutaxassis Rafa Benites klubda ketishi ortidan murabbiysiz qolgan jamoani qabul qilib olgandi.
Lopetegining iste’foga chiqarilishi ortidan klubga kelishi mumkin bo‘lgan murabbiylar orasida aynan u peshqadamlik qilmoqda. U klub strukturasini juda yaxshi bilgani uchun ham munosib nomzod bo‘lishi mumkin.
Guti
Gutining nomi «Real»ning o‘tgan asr oxiridagi muvaffaqiyatlari bilan bevosita bog‘liq. U ispan klubida ancha hurmatga sazovor futbolchi bo‘lgan. Guti faoliyati davomida Fabio Kapello, Yupp Xaynkes, Guus Xiddink va Visente Del Boskedan ko‘p narsalarni o‘rgangan.
U futbolchilik faoliyatini tugatganidan keyin klub strukturasiga qaytgandi. 2013-2018-yillar oralig‘ida u yoshlar jamoasining turli lavozimlarida tajriba to‘plad. Hozirda u «Beshiktosh»da Shenol Gyuneshning yordamchisi sifatida ishlamoqda.
Guti «Real»ning yoshlar jamoasida yorqin faoliyat yuritdi. Ehtimol mana shu faktor uning asosiy jamoaga bosh murabbiy etib tayinlanishiga turtki bo‘lar.
Djoker: Joze Mourino
Premer Liga klubidagi faoliyati hamon so‘roq ostida qolayotgan portugaliyalik murabbiy ham «Real»ga qaytishi mumkin. «Manchester Yunayted» bosh murabbiyi sobiq jamoasiga qaytishga jiddiy nomzodlardan biri sifatida qaralmoqda.
Mourino boz ustiga Peres bilan yaqin munosabatlarga ega. U hatto 2016-yilda Benites iste’foga chiqarilganida «Santyago Bernabeu»ga qaytmoqchiligini etkazgandi.
Krishtianu Ronalduning ketishi ortidan klub yuqori profilli figuraga ehtiyoj sezmoqda. «O‘zgacha» aynan shunday shaxs hisoblanadi.
Mourino «qizil iblislar» bilan boshlagan ishini oxiriga etkazolmaganligi uchun Angliyani tark etmasligi mumkin. Biroq har doim ham “Real”dan takliflar tushavermaydi.
Fikrlar