Kurtua “Real”ga o‘tishga juda yaqin turibdi
Londonning “Chelsi” klubi darvozaboni Tibo Kurtua tez orada Madridning “Real” klubi safiga borib qo‘shiladi.
AS nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “aristokratlar” garchi dastlab 26 yoshli belgiyalik posbonni 50 mln evroga baholashgan bo‘lishsada, hozir 40 mln evro evaziga qo‘yib yuborishga tayyor.
Ta’kidlash kerakki, “Real” Kurtuaga yiliga 11 mln evro maosh taklif qilmoqda. Agar ushbu transfer amalga oshsa, u dunyoning eng ko‘p maosh oluvchi darvozabonlaridan birigi aylanib oladi.
Fikrlar