
"Latsio" Germaniya terma jamoasi futbolchisiga qiziqish bildirmoqda
"Verder" yarim himoyachisi Serj Gnabrini faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin.
Sky Sports Italia nashri tarqatayotgan xabarga qaraganda, 21 yoshli futbolchiga "Latsio" va "Napoli" klublari jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Manbaning xabar berishicha, neapollliklar mavsum so‘nggiga qadar o‘z tarkiblarini Germaniya terma jamoasi futbolchisi bilan to‘ldirishni mo‘ljallashmoqda.
Qayd etish jioz, futbolchining chekinish bahosi ayni paytda 8 milion evroni tashkil etadi.
Ma’lumot o‘rnida, Gnabri Bundesliga bahslarida 15 o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol urgan va 1 ta samarali pas uzatgan.
Fikrlar