Laylo sovringa juda yaqin kelgandi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Qozog‘istonda yosh tennischilar o‘rtasida o‘tkazilayotgan xalqaro tennis turnirida hamyurtimiz Laylo Bahodirova bosh sovrinni qo‘lga kiritolmadi.

Yakkaliklar o‘rtasida ikkinchi raqamda saralangan Laylo Bahodirova yarim finalgacha bo‘lgan bellashuvlarda qozog‘istonlik Karina Rizvanova, rossiyalik Eva Garkusha va Alyona Nikishinani mag‘lubiyatga uchratgan edi. 

Final yo‘llanmasi uchun rossiyalik Mariya Tkacheva bilan bellashgan hamyurtimiz kutilmaganda 4:6, 3:6 hisobida mag‘lub bo‘ldi va musobaqani davom ettirolmadi. 

Juftlik bellashuvlarida Laylo Bahodirova va Milana Maslenkova finalda qatnashdi. Sovringa juda yaqin kelgan hamyurtlarimiz hal qiluvchi bellashuvda qozog‘istonlik Darya Detkovskaya va rossiyalik Avelina Sayfiddinovaga 3:6, 6:3, 4:10 hisobida yutqazib qo‘ydi. 

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!