Lazizbek Uzoqov navbatdagi g‘alabaga tayyorlanmoqda
Rossiya poytaxti Moskva shahrida tashkil etiladigan professional boks kechasida Lazizbek Uzoqov faoliyatidagi 18-jangini o‘tkazadi.
25 noyabr kuni bo‘ladigan jangda o‘zbek bokschiga o‘ta kuchli raqib - ukrainalik Arnold Xegay ro‘baro‘ keladi. Bu bokschi faoliyatidagi sakkiz, jangdan ettitasida zafar quchgan, olti marta raqiblarini nokaut qilgan va bir bor durangga erishgan.
Faoliyatini 2009 yilda boshlagan Lazizbek Uzoqov hisobida esa to‘rtta g‘alaba, 11 mag‘lubiyat va ikkita durang bor. Shunday bo‘lsa-da, Lazizbek Umrzoqov boy tajribasi evaziga ukrainalik engilmas bokschini mag‘lub etish imkoniyatini saqlab turibdi.
Biz o‘zbek bokschisiga g‘alaba tilaymiz.



Fikrlar