Legionerlar: Bahodir Nasimov jamoasi so‘nggi daqiqalarda mag‘lub bo‘ldi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

 

Janubiy Koreya K-ligasi, ya’ni, Birinchi divizioni 7-turida o‘zbekistonlik Bahodir Nasimov to‘p surayotgan “Ansan Griners” jamoasi safarda “Asan” mehmoni bo‘ldi.

Murosasiz kurashlarga boy kechgan o‘yinda maydon egalari 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. “Ansan Griners” o‘yin yakunida gol o‘tkazib, alamli mag‘lubiyat qabul qilib oldi.

Bahodir Nasimov uchrashuvda 90 daqiqa to‘liq harakat qildi. Mazkur bellashuvdan keyin “Ansan Griners” 7 ochko bilan 10 ta jamoa orasida 7-o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!