
Legionerlar: Vadim Afonin jamoasi nazorat o‘yinida Chexiya klubiga yutqazdi
Turkiyaning Belek shahrida Rossiyaning “Orenburg” klubi mavsumning ikkinchi davrasiga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.
Yig‘in doirasida O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Vadim Afonin harakat qilayotgan “Orenburg” klubi Chexiyaning “Slovatsko” jamoasi bilan kuch sinashdi va 2:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
O‘zbekiston termasi a’zosi Vadim Afonin mazkur o‘yinda 45 daqiqa harakat qildi. “Orenburg” gollariga Sanaya (8) va Shogenov (81, penalti) mualliflik qildi.
“Orenburg” (Rossiya) — “Slovatsko” (Chexiya) — 2:3 (1:1)
“Orenburg” (1-bo‘lim): Abakumov, Malix, Andreev, Sivakov, Bordachyov, Koronov, Blago, Afonin, Nexaychik, Dyurish, Sanaya.
2-bo‘lim: Gutor, Gegechkori, Oyevole, Junich, Poluyaxtov, Breev, Shogenov, Vorobyov, Rudakov, Lobjanidze, Delkin.
Fikrlar