Legionerlarimiz. Afonin uchun mavsum qanday o‘tdi?

  • 5 iyun, 2017, 23:05
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Aksariyat chempionatlar qatori Rossiya Premer ligasiga ham yakun yasaldi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi va “Orenburg” klubi himoyachisi Vadim Afonin uchun ushbu mavsum qanday o‘tdi? Quyida shu to‘g‘risida fikr yuritamiz.

Tecno

•        Afonin mavsum davomida “Orenburg” safida jami 29 ta o‘yinda ishtirok etdi;

•        Shulardan 26 tasi Rossiya Premer ligasi, ikkitasi esa o‘tish o‘yiniga, qolgani bittasi kubok o‘yinlariga to‘g‘ri keladi;

•        E’tiborlisi, u bu o‘yinlarning 25 tasini asosiy tarkibda boshlagan va maydonda to‘liq 90 daqiqa o‘ynagan;

•        Taqqoslash uchun “Orenburg”ning birorta yarim himoyachisi Afonindan ko‘p o‘yin o‘tkazgani yo‘q Premer ligada;

•        Faqatgina Moskvaning “Lokomotiv” jamoasiga qarshi kechgan 28-turda 58-daqiqada Afonin zahiraga olingan;

•        Umumiy hisobda hamyurtimiz Premer ligada 2307 daqiqa maydonda harakat qildi;

•        29-turda “Ufa”ga qarshi kechgan o‘yinda Afonin mavsumdagi ilk va yagona golini kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Biroq bu gol “Orenburg”ning g‘alabasi uchun kamlik qildi;

•        Mavsum davomida hamyurtimiz 8 bor hakamlar tomonidan ogohlantirildi va shu sabab bitta o‘yinni diskvalifikatsiya sabab o‘tkazib yubordi;

•        Mavsum yakunida Afonin to‘p suradigan “Orenburg” klubi 13-o‘rinni oldi va o‘tish o‘yinida Xabarovskning “SKA” klubi bilan ro‘baro keldi;

•        Ikki o‘yinda ham hisob ochilmagach, g‘olib nomi penaltilar seriyasida aniqlandi va Afonning jamoasi mag‘lub bo‘lib, kelgusi yili Rossiya Birinchi divizionida o‘ynaydigan bo‘ldi.

Shahzod Xolboev tayyorladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!