Legionerlarimiz. Bugun Musaev, Krimets va Afoninlarning jamoalari o‘ynaydi

CHERY AUTO

Bugun Yaponiya Jligasida 10-tur o‘yinlari davom ettirilomoqda. Hamyurtimiz Fozil Musaev faoliyatr olib boradigan “Jubilo Ivata” jamoasi safarda “Ventforet Kofu”ga qarshi bahs olib bormoqda. Ayni vaqtda mazkur o‘yinning birinchi bo‘limi davom etmoqda.

Tecno

Xitoy Super ligasida 8-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Egor Krimets faoliyat olib boradigan “Beyjing Guoan” jamoasi o‘z maydonida tarkibida Esekel Lavessisi vor bo‘lgan “Xebey Chayna” klubiga qarshi bahs yuritadi.

Rossiya Premer ligasi 27-turida termamizning yana bir a’zosi Vadim Afonin faoliyat olib boradigan “Orenburg” klubi “Krasnodar” bilan o‘ynaydi.

Mazkur o‘yinlarning natijasini SPORTS.uz saytida kuzatib boring.

10.00 “Ventforet Kofu” – “Jubilo Ivata(Fozil Musaev)

16.00 “Orenburg” – “Krasnodar”(Vadim Afonin)

16.35 “Beyjing Guoan” – “Xebey Chayna”(Egor Krimets)

Izoh: O‘yinlar vaqti Toshkent vaqti bilan ko‘rsatilgan

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!