Legionerlarimiz. Nasimov jamoasida g‘alaba. Pardaevda esa…
Kecha Janubiy Koreyada nufuzi jihatdan ikkinchi o‘rinda turuvchi liga – K liga Chellenjda 11-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Bahodir Nasimov faoliyat olib boradigan “Ansan Griners” klubi “Asan”ga qarshi bahs olib bordi. Mazkur o‘yin 2:1 hisobida “Ansan” foydasiga xal bo‘ldi. Hamyurtimiz uchrashuv qaydnomasiga ham kiritilmadi.
Bahodir Pardaev to‘p tepadigan “Bucheon” esa safarda “Pusan” bilan kuch sinashdi va 1:0 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Pardaevga ham o‘yin qaydnomasidan joy tegmadi.
Koreya K liga Chellenj. 11-tur
“Ansan Griners” – “”Asan” 2:1 (1:0, 1:1)
“Pusan Ay Park” – “Bucheon” 1:0 (1:0, 0:0).

Fikrlar