
Legionerlarimiz. “Rostov” o‘z maydonida “Anji”dan ustun keldi.
Bugun Rossiya Premer-Ligasida 18-tur o‘yinlari davom ettirildi. Hamyurtimiz Eldor Shomurodov to‘p suradigan “Rostov” klubi o‘z maydonida Vadim Afonin faoliyat olib boradigan “Anji”ni qabul qildi.
Aleksandr Buxarov tomonidan kiritilgan ikki gol mezbonlarga 3 ochko keltirdi. Har ikkala hamyurtimiz zahirada qoldirildi.
Rossiya Premer-Ligasi. 18-tur
Rostov – Anji 2:0 (1:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 44, penalti Buxarov, 2:0 – 58 Buxarov.
Rostov – Abaev, Ingason, Vilyush, Parshivlyuk, Makeev, Gatskan, Bayramyan, Kalachev (Zuev, 58), Maer, Ionov (Dumbiya, 86), Buxarov (Dyadyun, 69).
Anji – Loriya, Samardjich, Tetrashvili, Poluyaxtov, Bryzgalov, Danchenko (Yakovlev, 74), Chaykovskiy, Bakaev, Katsaev (Leskano, 63), Markelov, Prudnikov (Ivanchenko, 70).
Ogohlantirishlar: Maer (30), Gatskan (81), Leskano (90), Ingason (90).
Fikrlar