
Legionerlarimiz uchun Evropa ligasi yakunlandi(mi)
Kecha Evropa ligasi birinchi saralash o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Aleksandr Geynrix faoliyat olib boradigan Qozog‘istonning “Ordabasi” jamoasi safarda Bosniya va Gertsogovinaning “Shiroki Brieg” jamoasi bilan bahs yuritdi. Hamyurtimiz jarohati sabab o‘tkazib yuborgan mazkur o‘yinda mezbonlar 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Husniddin G‘ofurov faoliyat olib boradigan Serbiyaning “Mladost Luchani” jamoasi esa o‘z maydonida Ozarbayjonning “Inter” jamoasini qabul qildi. Mazkur o‘yinda mehmonlar safarda bo‘lishlariga qaramay, 3:0 hisobida g‘alaba qozonishdi. G‘ofurov zahirada qoldirildi.
Javob o‘yinlari 6 iyul kuni bo‘lib o‘tadi.
Evropa ligasi. Birinchi saralash bosqichi. Birinchi o‘yin
“Mladost Luchani” (Serbiya) – “Inter” (Ozarbayjon) 0:3
Gollar: Skarlatake(23, 41), Aliev(75)
“Shiroki Brieg” (Bosniya va Gertsogovina) – “Ordabasi” (Qozog‘iston) 2:0
Gollar: Krstanovich(36, 45).
Fikrlar