Lempard: Azar "Derbi Kaunti"ga qarshi o‘yinda maydonga tushmasligiga umid qilaman
“Derbi Kaunti” klubi bosh murabbiyi Frenk Lempard “Chelsi”ga qarshi Liga kubogi 1/8 finali uchrashuvi oldidan bildirgan fikrida raqib hujumchisi Eden Azarning ajoyib sport formasiga ekanligiga urg‘u bergan.
– Azar hozirgi sport formasida jahonning eng yaxshi futbolchisi. Albatta, barchasi o‘zgarishi mumkin, ammo menga uning o‘yinlarini ko‘rish yoqadi. Umid qilamanki, Azar bu uchrashuvda dam oladi! O‘ylaymanki, u mening jamoamga qarshi o‘yinda maydonga tushishga qo‘rqadi, – deydi Lempard,
Eslatib o‘tamiz, avvalgi bosqichda “Derbi Kaunti” MYuni turnirdan chiqarib yuborgan edi.



Fikrlar