“Lester” Musani Saudiya klubiga sotmadi
Angliyaning “Lester” klubi o‘zining nigeriyalik hujumchisi Axmad Musani Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” klubiga sotishni istamadi.
Berilgan ma’lumotlarga ko‘ra saudiyaliklar 25 yoshli futbolchi uchun “tulkilar”ga 12 mln funt taklif qilishgan. Biroq, ushbu taklif ingliz klubini qoniqtirmagan.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Saudiya Arabistoni klubi Musani eng ko‘p maosh oluvchi afrikalik futbolchiga aylantirishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.



Fikrlar