Levandovski "Bavariya" safidagi 200-o‘yinini o‘tkazdi

  • 16.09.2018 08:55
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Myunxenning "Bavariya" klubi forvardi Robert Levandovski kecha Bundesliganing 3-turidan o‘rin olgan “Bayer”ga (3:1) qarshi bahsda ishtirok etdi.

E’tiborlisi, ushbu o‘yin 30 yoshli polshalik futbolchi uchun “Bavariya” safidagi yubiley 200-uchrashuv bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, Levandovski "Bavariya" safida 2014 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U ushbu davr mobaynida o‘z hisobiga 157ta gol hamda 35ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!