
Levandovski faoliyatini A Seriyada davom ettirishga tayyor
Myunxenning “Bavariya” klubi hujumchisi Robert Levandovski faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettirishga tayyor.
Xabarlarga qaraganda 29 yoshli polshalik futbolchi “Yuventus”ga o‘tishga rozilik bildirgan. O‘z navbatida “keksa sinora” buning uchun nemis grandiga argentinalik hujumchisi Gonsalo Iguainni berishga tayyor.
Eslatib o‘tamiz, Levandovskiga bundan avvalroq Londonning "Chelsi" klubidan ham takliflar bo‘layotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar