
Libertadores kubogi finalining Madridda o‘tkazilishi xavf ostida qolmoqda, sababi...
Ispaniya qirollik futbol federatsiyasi hamda “Real” Madrid klubi “Santyago Bernabeu”da o‘tkaziladigan Libertadores kubogi finali uchun chiptalarni taqsimlash bo‘yicha taklif kiritdi.
Unga ko‘ra finalda ishtirok etuvchi klublarga 5 mingtadan, tashkilotchilarga esa 6 mingta, Ispaniyada yashaydigan argentinaliklar uchun esa 20 mingta chipta taqdim etiladi. Qolgan 40 mingtasi esa erkin savdoga chiqariladi.
Biroq, final ishtirokchilari hisoblangan "Boka Xuniors" hamda "River Pleyt" klublari chiptalarning bunday taqsimlanishiga qarshi chiqishmoqda va finalning Madridda o‘tkazilishiga rozi bo‘lishmayapti.
Eslatib o‘tamiz, ushbu jamoalar o‘rtasidagi finalning dastlabkisida 2:2 hisobida durang qayd etilgan edi.
Fikrlar