
"Lion" Ispaniyaga ketishi kutilayotgan hujumchi Mariano Diasga munosib o‘rinbosar topdi
Frantsiyaning "Lion" klubi "Sevilya" va "Real" kabi jamoalarning qiziqishlariga sabab bo‘layotgan hujumchisi Mariano Diasning o‘rniga munosib nomzod qidirishni boshlab yubordi.
Le Progres nashri tarqatgan xabarga ko‘ra bordiyu 25 yoshli dominikanlik futbolchi jamoadan ketgan taqdirdi, frantsuzlar "Seltik" forvardi Mussa Dembeleni o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilishadi. Ushbu transfer esa "Lion"ga taxminan 15-20 million evroga tushishi aytilmoqda.
Ma’lumot uchun, 22 yoshli Dembele "Seltik" safida 2016 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida shotland klubi safida jami 94ta o‘yinda maydonga tushgan va 51ta gol urishga erishgan.
Fikrlar