
"Liverpul" Maneni olib kelish uchun Gabonga samolyot yubordi
"Liverpul" klubi hujumchisi Sadio Mane premer-liganing navbatdagi turida "Chelsi"ga qarshi o‘ynashi mumkin. Buning uchun mersisaydliklar raxbariyati Afrika millatlar kubogi bo‘lib o‘tayotgan Gabon davlatiga Mane uchun maxsus charter reysni amalga oshiradi. Bu haqda the Telegraph nashri xabar tarqatmoqda.
Eslatib o‘tamiz, kecha musobaqaning 1/4 final bosqichida Kamerun penaltilar seriyasida Senegalni mag‘lubiyatga uchratib, yarim finalga yo‘l olgan edi. Ta’kidlash kerakki 24 yoshli senegallik hujumchi shu kuni penaltidan unumli foydalana olmagan edi.
Ma’lumot uchun, "Liverpul" va "Chelsi" o‘rtasidagi bahs 31 yanvar Toshkent vaqti bilan soat tunggi 01:00da start oladi.
Fikrlar