"Liverpul" Oksleyd-Chemberlenni EChL pley-off qaydnomasiga kiritdi

  • 5 fevral, 2019, 19:45
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliyaning “Liverpul” klubi Chempionlar ligasi pley-off bosqichi uchun qaydnomasini yangiladi.

Tecno

Unga ko‘ra mersisaydliklar uzoq muddatli davolanishdan so‘ng endigina safga qaytgan yarim himoyachi Aleks Oksleyd-Chemberlenni ham ushbu qaydnomaga kiritishgan.

Eslatib o‘tamiz, Oksleyd-Chemberlen o‘tgan mavsum “Roma”ga qarshi bo‘lib o‘tgan EChL yarim finalida jarohat olgan edi va shundan buyon birorta ham o‘yinda ishtirok etmadi.

Ma’lumot uchun, “Liverpul” 1/8 finalda “Bavariya”ga qarshi bahs olib boradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!