"Liverpul" Pavar uchun "Shtutgart"ga 35 million evro to‘lashga tayyor

  • 25.08.2018 15:48
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

“Shtutgart” klubi himoyachisi Benjamen Pavar “Liverpul”ning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi. Bu haqda Mirror nashri xabar tarqatmoqda.

Unga ko‘ra mersisaydliklar ustozi Yurgen Klopp 22 yoshli futbolchining JCh-2018da ko‘rsatgan o‘yinidan so‘ng uni o‘z jamoasida ko‘rishni xohlab qolgan. Ma’lumotlarga qaraganda “Liverpul” Pavarning transferi uchun nemis klubiga naqd 35 million evro to‘lashga tayyor.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “Bavariya” Pavarni sotib olishga yaqin turgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Biroq, keyinchalik ushbu xabar yolg‘on ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!