"Liverpul" darvozaboni faoliyatini Superligada davom ettirishga yaqin turibdi
Turkiyaning “Beshiktosh” klubi o‘z safiga “Liverpul” posboni Simon Minoleni qo‘shib olish borasida ishlarni olib bormoqda.
Sky Sports tarqatgan xabarga ko‘ra turk kulib o‘zining asosiy posboni Fabrisio Agostoni “Fulxem”ga sotib yuborgach, uning o‘rniga munosib o‘rinbosar izlamoqda. Alisson kelgach mersisaydliklar safidagi o‘rnini deyarli yo‘qotgan belgiyalik futbolchi esa bu borada “Beshiktosh” uchun yaxshi variant hisoblanadi.
Ma’lumot uchun, Minole o‘tgan mavsum APLda jami 19ta o‘yinda maydonga tushgan va shularning 7tasida o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qola olgan.



Fikrlar