
"Liverpul" futbolchi sotishni rejalashtirmoqda
"Liverpul" klubi bosh murabbiyi Yurgen Kloppning so‘zlariga ko‘ra avgust oxiriga qadar jamoa ba’zi futbolchilarni sotishi mumkin.
“APL klublari endi yangi futbolchi sotib olisholmaydi, ammo, avgust oyi so‘nggiga qadar boshqa jamoalarga futbolchi sotishlari mumkin. Katta ehtimol bilan biz ushbu imkoniyatdan foydalanamiz”, - deydi germaniyalik futbolchi.
Ma’lumotlarga qaraganda mersisaydliklar safini tark etish uchun birinchi raqamli nomzod bu Simon Minoledir. “Liverpul” Alissonni sotib olgach, belgiyalik posbonga tarkibda joy qolmadi.
Fikrlar