
"Liverpul" futbolchisi mavsumni Turkiya chempionatida davom ettirishi mumkin
"Liverpul" hujumchisi Dominik Solanke mavsumni Turkiya chempionatida yakunlashi mumkin.
Fotospor tarqatgan xabarga ko‘ra 21 yoshli angliyalik futbolchiga "Galatasaroy"dan jiddiy qiziqish bo‘lmoqda. Istanbullliklar Solankeni mavsum yakuniga qadar ijaraga olishmoqchi.
Ta’kidlash kerakki, Solanke joriy mavsum mersisaydliklar safida birorta ham o‘yinda maydonga tushgani yo‘q. Shundan kelib chiqib aytadigan bo‘lsak, turk klubining taklifm “Liverpul”ga ham ma’qul kelishi mumkin.
Fikrlar