
"Liverpul"ning asosiy himoyachilaridan biri jarrohlik stoliga yotqiziladi
Angliyaning "Liverpul" klubi himoyachisi Jo Gomes jarrohlik amaliyotini boshdan kechiradi.
Gap shundaki 23 yoshli futbolchining jarohati dastlab konservativ usulda davolangan. Biroq, u o‘z samarasini bermagach shifokorlar operatsiya qilishga qaror qilishgan. Endi Gomes tez orada jarrohlik stoliga yotadi. Uning qachon safga qaytishi esa ushbu jarrohlik amaliyotidan so‘ng ma’lum bo‘ladi.
Ma’lumot uchun, Gomes joriy mavsum “Liverpul” safida jami 18ta o‘yinda maydonga tushdi.
Fikrlar