"Liverpul"ning yana bir futbolchisi mavsumni "Bornmut"da yakunlaydigan bo‘ldi

  • 4 yanvar, 2019, 21:52
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" himoyachisi Nataniel Klayn joriy qishki transferlar davrida jamoani tark etishi mumkin.

Tecno

Liverpool Echo tarqatgan xabarga ko‘ra 27 yoshli futbolchi mersisaydliklar safida etarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘la olmayotgani sabab faoliyatini “Bornmut”da ijara asosida o‘tkazishga tayyor.

Eslatib o‘tamiz, Klayn belidan olgan jarohati sabab uzoq muddat maydonga tusha olmay asosiy tarkibdagi o‘rnini boy berib qo‘ygan edi. U joriy mavsum bor yo‘g‘i 1ta o‘yinda ishtirko etdi.

Ma’lumot uchun, bundan avvalroq “Bornmut” “Liverpul”ning boshqa bir futbolchisi – Dominik Solankeni o‘z safiga qo‘shib olgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!