
"Liverpul"ning yangi haridi jahon chempionatining eng yaxshi futbolchisi deb topildi
Avval xabar berganimizdek bugun Janubiy Koreya mezbonlik qilgan yigirma yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi jahon chempionatining final bahsi bo‘lib o‘tdi.
Hal qiluvchi bahsda venecuelalik tengdoshlariga qarshi maydonga tushgan angliyalik yoshlar raqibini 0:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratishib, bosh sovrinni qo‘lga kiritishdi.
E’tiborlisi, yaqindagina “Chelsi”dan “Liverpul”ga ko‘chib o‘tgan Angliya U-20 terma jamoasi a’zosi Dominik Solanke musobaqaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Kuchli uchlikdan shuningdek Federiko Valverde (Urugvay, «Real») va Yanxel Errera (Venesuela, «Manchester Siti») kabi futbolchilar joy olishdi.
Fikrlar