Logotipini o‘zgartirishga “usta” jamoalarimiz
Logotip – bu o‘ziga xos brend. Jumladan, futbolda ham logotiplar muhim ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun ham aksariyat horij jamoalari o‘z logotiplarida rebrending o‘tkazishni istasalar, bu borada jamoa muxlislari orasida so‘rovnoma o‘tkazishadi va ularning fikrini so‘rashadi. Bizda esa har yili kamida bir jamoa o‘z logotipini o‘zgartirishni ixtiyor etadi. Nima ham derdik, bu ularning qarorlaridir. Biz esa mavzudan chetga chiqmagan xolda hadeb logotiplarini o‘zgartiraveradigan klublarimiz haqida hikoya qilamiz.
“Qizilqum”

“Qizilqum” 2014 yilda Zarafshondan Navoiyga ko‘chgach, barcha narsa o‘zgardi. Klub qarorgohi-yu stadionidan toki jamoa logotipigacha.
“Andijon”

“Andijon” esa deyarli har mavsum o‘z logotipini almashtiradi. Umuman bu borada O‘zbekistonda “burgutlar”ga teng keladigan yo‘q. Hozirgi logotip esa Angliyaning “Kristal Pelas” jamoasining logotipidan deyarli farqi yo‘q.
“Nasaf”

“Nasaf” ham logotip almashtirishni xush ko‘radi. Qarshiliklarning dastlabki logotiplarida Sohibqiron Amir Temur tasviri bo‘lgan bo‘lsa, hozirda jamoa logotipida humo qushini gavdalantirgan.
“Lokomotiv”

2012 yilda “Lokomotiv” Oliy ligaga qaytgach, o‘z logotipini o‘zgartirdi va shundan so‘ng “temiryo‘lchilar” tarixida yangi sahifa ochildi.
“Navbahor”

O‘tgan mavsum Birinchi ligaga tushib ketishiga bir bahya qolgan jamoada ham logotipini o‘zgartirishga “moyilligi” bor. Qayd etish joiz, klubning hozirgi logotipi oldingilariga qaraganda ancha zamonaviy ishlangan.
“Buxoro”

“Ko‘hna shaharliklar” esa o‘z nomlarini 5 marta o‘zgartirishganidan so‘ng, logotipda ham shunga yarasha rebrending o‘tkazilgan. So‘nngi yillarda esa jamoa “Andijon” xamda “Nasaf” bilan bu borada o‘ziga xos musobaqaga kirishmoqda.
Shahzod Xolboev tayyorladi

Fikrlar