"Lokomotiv" - "Metallurg". Bekobodliklar o‘zlarining noxush an’anasiga qachon barham berishadi?

  • 30 oktabr, 2018, 22:54
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Amaldagi chempion - "Lokomotiv" bu tur o‘z maydonida "Metallurg"ni qabul qiladi. Quyida mazkur o‘yin prevyusini taqdim etamiz.

Tecno

“Metallurg” va “Lokomotiv” hozirga qadar Superliga (sobiq Oliy liga)da jami 29 bor to‘qnash kelishgan. Natijalar “temiryo‘lchilar”ning ustunligini ko‘rsatmoqda. “Lokomotiv” 17 marta g‘olib bo‘lgan, 7 ta  o‘yinda durang qayd etilgan. “Metallurg” esa 4 ta uchrashuvda zafar quchgan.

To‘plar nisbatida ham ustunlik tabiiyki “Lokomotiv” tomonida – 53:24 .

O‘zaro o‘yinlarda “Lokomotiv” 56 ochko jamg‘argan bo‘lsa, “Metallurg” esa 20 ochko yig‘gan.

“Lokomotiv”ning o‘zaro o‘yinlarda qozongan eng yirik g‘alabasi – 4:0 va 5:1 ga teng. “Ma’danchilar”da esa bu ko‘rsatkich 2:0 bo‘lib turibdi.

Ertangi o‘yin jamoalar  uchun mavsumdagi to‘rtinchi to‘qnashuv bo‘ladi. Ilk bosqichda Toshkentda kechgan o‘yinda Andrey Miklyaev shogirdlari raqib bilan 1:1 hisobida durang o‘ynashgan edi. Bekoboddagi uchrashuvda esa mezbonlar 2:0 hisobida ustun kelishgan.

Uchinchi qarama-qarshilik esa ikkinchi bosqichning ilk turida bo‘lgan va Aliboevning yagona goli “temiryo‘lchilar”ga muhim bo‘lgan 3 ochkoni olib kelgan edi.

Toshkentda o‘tgan so‘nggi o‘n o‘yin: 

09.03.2018 “Lokomotiv” – “Metallurg” 1:1

30.06.2017 “Lokomotiv” – “Metallurg” 3:1

18.11.2016 “Lokomotiv” – “Metallurg” 4:1

03.08.2015 “Lokomotiv” – “Metallurg” 1:1

15.08.2014 “Lokomotiv” – “Metallurg” 5:1

12.04.2013 “Lokomotiv” –  “Metallurg” 2:1

21.09.2012 “Lokomotiv” – “Metallurg” 5:1

04.06.2010 “Lokomotiv” – “Metallurg” 1:0

20.09.2009 “Lokomotiv” – “Metallurg” 1:0

25.05.2008 “Lokomotiv” – “Metallurg” 1:0

O‘zaro o‘yinlar haqida fakt : “Lokomotiv” o‘z maydonida ushbu raqibga umuman mag‘lub bo‘lmagan. “Temiryo‘lchilar” o‘z uylarida "Metallurg" ustidan 11 marta g‘alabaga erishgan va 3 bor durang o‘ynagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!