"Lokomotiv" futbolchilari Bikmaevni tabriklashdi (foto)
20 oktyabr kuni "Lokomotiv" Superliganing 26-turi doirasida "Paxtakor" jamoasi mehmoni bo‘ladi.
"Temiryo‘lchilar" futbolchilari hozirda to‘liq tarkib bilan o‘yinga tayyorgarlikni davom ettirmoqda. Bugun 6 futbolchimiz milliy terma jamoa yig‘inidan qaytib keldi va jamoa bilan mashg‘ulotlarda qatnashishdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
Mashg‘ulotlar boshlanishidan oldin jamoa futbolchilari Marat Bikmaevni 100, 101 va 102-gollari bilan tabrikladi.

Ma’lumot uchun, Bikmaev O‘zbekiston terma jamoasi safida KXDR (2 ta) va Qatarga qarshi o‘yinlarda raqib darvozasini ishg‘ol etishga erishgan edi.

Fikrlar