"Lokomotiv" futbolchisi "Qo‘qon-1912"ni mag‘lub qilish uchun maydonga tushadi

  • 17 may, 2017, 12:33
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Tecno

Bilasiz, bugun Oliy Liga 11-tur o‘yinlari doirasida “Lokomotiv” “Qo‘qon-1912” jamoasi mehmoni bo‘ladi. Ushbu uchrashuv oldidan “Loko” hujumchisi Murod Bobojonov ham o‘z fikrlarini bildirdi.

– “Qo‘qon-1912” jamoasi o‘z uyida ancha yaxshi o‘yin ko‘rsatadi. Biroq biz bunga tayyormiz. Raqib jamoa o‘yinini yaxshi o‘rganib chiqdik. Bugun maydonga faqat 3 ochko jamg‘arish uchun chiqamiz. Men ham jamoamiz muvaffaqiyatiga o‘z xissamni qo‘shishga urinaman, – deydi Bobojonov klub matbuot xizmatiga.

Ta’kidlab o‘tamiz, “Qo‘qon-1912” – “Lokomotiv” uchrashuvi bugun Qo‘qondagi “Markaziy” o‘yingohda bo‘lib o‘tadi. O‘yinning boshlanish vaqti 17:30.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!